15:12 / 17.03.2017
10663

Mourino «Rostov»ga qora qutida sovg‘a berdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasi 1/8 finalining javob o‘yinidan oldin «Rostov» bosh murabbiyiga sovg‘a berdi. Portugaliyalik mutaxassis mehmonlar kiyim almashtirish xonasiga qora qutida sovg‘a olib kelgan, biroq uning ichida nima borligi ma'lum qilinmadi. 

«Rostovda men ajoyib sovg‘a olgandim, shu sababli bunga javob berishim kerak edi. Biz u bilan tanishmiz, chunki «Inter»da uning «Rubin»i bilan to‘qnash kelgan kelganman. U biroz kamgap bo‘lsa-da, juda yoqimli va xushmuomala inson», – dedi Mourino BT Sport'ga bergan intervyusida.

Britaniya OAV sovg‘a «Rostov» bosh murabbiyi Ivan Danilyantsga atalgan deb xabar berayotgan bo‘lsa-da, Mourinoning so‘zlaridan u Qurbon Berdiyev uchun ekanini taxmin qilish mumkin. 

Top