10:23 / 17.03.2017
5481

OAV Halabdagi masjid bombardimon qilingani, o‘nlab qurbonlar borligi haqida xabar berdi

Suriyaning Halab viloyati hududidagi Al-Jin qishlog‘ida joylashgan masjidga aviazarba berilishi oqibatida 40dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Bu haqda ko‘ngilli qutqaruvchilarning «Oq kaskalar» tashkilotiga asoslangan holda VVS xabar tarqatdi.

«Noma'lum tomon o‘tkazgan reyd oqibatida Halab viloyati hududidagi masjidga havo zarbasi berilgan va 42 kishi halok bo‘lgan. Ularning aksar qismi tinch aholi vakillari edi», — deya ma'lumot bergan ofisi Londonda bo‘lgan monitoring markazi direktori Rami Abdul Rahmon.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yuzga yaqin kishi ushbu hujum oqibatida yaralangan. Xarobalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Hozircha qaysi tomon samolyoti zarba bergani ma'lum emas.

Al-Jin Suriya muxolifati nazorati ostida hisoblanadi. Bu qishloq Halabdan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan.

O‘tgan yilning 22 dekabrida Suriya hukumati Halab qo‘lga olingani haqida rasman e'lon qilgandi, shaharning sharqiy qismida 4 yildan buyon muxolif kuchlar qo‘lida edi.

Top