17:00 / 17.03.2017
10202

Pogba safdan chiqdi

«Manchester Yunayted» futbolchisi Yevropa Ligasining nimchorak finalida «Rostov»ga qarshi kechgan o‘yinning ikkinchi bo‘limi vaqtida jarohat oldi. U 48-daqiqada maydonni tark etdi va uning o‘rniga Marvon Fellayni tushirildi.

Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchining holati haqida ma'lumot berib o‘tdi.

«Anig‘ini bilmaymanu, ammo Pogba 3 haftaga safdan chiqqan bo‘lsa kerak. U «Midlsbro»ga qarshi o‘ynamaydi. Terma jamoa o‘yinlarini ham o‘tkazib yuboradi», dedi Mourino.

Ushbu o‘yinda manchesterliklarning yana bir futbolchisi safdan chiqdi. 63-daqiqada Deyli Blind jarohat oldi va uning o‘rniga o‘yinni Fil Jons davom ettirdi.

Top