16:31 / 17.03.2017
4895

Sirdaryoda «Profilaktika kuni» qanday o‘tdi?

Sirdaryo viloyati hududida 2017 yil 16 mart kuni “Profilaktika kuni” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Tadbir viloyatning mavjud 11 ta shahar-tumanlaridagi 224 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazildi. Uning davomida ichki ishlar idorlarining profilaktik hisobida turgan shaxslardan 422 nafari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Shundan 79 nafar DEO a'zolari va 343 nafar muqaddam sudlangan hamda 300 nafar boshqa toifalar bo‘yicha hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Shuningdek, 138 ta o‘quv ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan “Davomat” tadbir jarayonida 197 nafar o‘quvchilarning turli sabablarga ko‘ra o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotganligi aniqlanib, ulardan 42 nafarining ota-onalarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rildi. 

Tadbir davomida 3822 ta xonadon o‘rganib chiqildi, o‘rganish jarayonida doimiy va vaqtincha yashash tartibini buzgan 42 nafar fuqaroga, 4 nafar ijarada noqonuniy yashashga sharoit yaratib bergan shaxslarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 

Shubha o‘yg‘otganligi uchun 307 nafar shaxs militsiya tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tezkor-profilaktik ishlovlar olib borildi. Tadbir davomida jami 68 nafar huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek 48 nafar doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan hamda 122 nafar qaytib kelgan shaxslar aniqlandi va ular bilan belgilangan tartibda suhbatlar olib borilib, “Uzoq muddat” ma'lumotlar bazasiga kirtildi.

Aholi gavjum joylarda 114 ta patrul yo‘nalishlari tashkil etilib, ov quroliga ega bo‘lgan shaxslardan 267 nafarining ov qurolini saqlash xolati o‘rganib chiqildi. Tadbir kunida mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida 3 ta obektlar qo‘riqlash pultiga ulanib, 19 ta obektga video kuzatuv moslamalari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida jami 420 ta joyda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 

Tadbir jarayonida 132 ta joylarda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatlarni kelib chiqish sabab va sharoitlarini oldini olish maqsadida ota-onalar va o‘quvchilar bilan, 21 ta joyda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha, 224 ta mahallarda Pasport-viza tizimi qoidalariga rioya etish, Yong‘in holatlarini hamda mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida aholi bilan uchrashuv va tushuntirish ishlari olib borildi.

Top