15:59 / 17.03.2017
9714

Suriya Isroil samolyotini urib tushirganini ma'lum qildi

Suriya armiyasi mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan Isroil HHK samolyotini urib tushirgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda harbiy manbaga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, isroilliklarning 4 samolyotidan bittasi urib tushirilgan.

«Bizning havo hujumidan mudofaa tizimimiz hudud bu harakatga javob qaytardi va samolyotlardan biri urib tushirildi. Boshqa samolyotlar uchib ketdi», -deyilgan bayonotda.

Bayonotda aytilishicha, Isroil aviatsiyasining nishoni Suriya armiyasining Palmiradagi obektlari bo‘lgan.

Isroil televideniyesining «O‘ninchi kanal»i esa Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriya qurolli kuchlarining S-200 zenit-raketa kompleksidan o‘qqa tutilgani, biroq ular nishonga tegmagani haqida xabar bergan. 

«Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari «Hizbulloh» harakati uchun mo‘ljallangan qurolli konvoyga hujum uyushtirdi. Operatsiya davomida samolyotlarga havo mudofaasi tizimlari raketalaridan zarba berildi, biroq ularga zarar yetmadi», — deyilgan telekanal xabarida. 

Mavzuga oid
Top