21:58 / 17.03.2017
8097

TATUdagi talabalar va yosh olimlar uchun yangi talabalar turar joyi ochildi

17 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va yosh olimlari uchun 318 o‘rinli (A.Temur ko‘chasi 119 uy) Talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo‘ldi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari U.A'lamov, Bilayn kompaniyasining bosh direktori D.Shukov, TATU rektori T.Teshabayev hamda universitetning yosh o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Bahor va yangilanish, bag‘rikenglik va saxovat bayrami bo‘lgan Navro‘z arafasida ushbu barcha sharoitlarga ega bo‘lgan talabalar turar joyining Bilayn kompaniyasi yordamida qayta ta'mirdan chiqarilib, topshirilishi universitet talabalari uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. O‘ylamizki, bu kabi imkoniyatlarning yaratilishi talabalarni yanada yaxshi ta'lim olishga, Vatanimiz ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlariga rag‘bat bo‘ladi.

Top