Facebook'dagi "Maslahatim" guruhida o'qituvchining o'z o'quvchilarini qo'pollik bilan haqoratlab, qo'l ko'targani tasvirlagan video joylashtirildi

Ma`lum bo'lishicha, bu holat Farg'onadagi 10-maktabning 3-sinfida sodir bo'lgan. Hozirda bu o'qituvchining ishdan bo'shatilgani haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xabar bermoqda. 

Guruhning ko'plab a`zolari bu holatni ko'rib, o'z fikrlarini qoldirishgan. 

Jon Jackovich: "O'qituvchi nima bo'lishidan qat`iy nazar o'zini tuta bilishi kerak. Bunaqa kuch ishlatish qaysi Ped. institutda o'rgatilar ekan? Jismoniy kuch ishlatishni o'zidayoq ishdan olib, jinoiy javobgarlikka, rahbariyatni esa ma`muriy javobgarlikka tortish kerak.

Odil Ro'zaliyev: "Afsus. Bizning paytimizda ham o'qituvchilar so'kardi o'quvchilarni, lekin bunaqa darajada bo'lmasdi menimcha. Smartfonlar bo'lmagan ekan u paytda, taqqoslash uchun".