11:29 / 18.03.2017
6520

Afsonaviy xokkeychi Yagr yana bir rekord o‘rnatdi

Foto: AP

AQShning «Florida» xokkey jamoasi hujumchisi Yaromir Yagr Milliy xokkey ligasida navbatdagi rekord sohibiga aylandi. U 40 yoshga kirganidan so‘ng ham maydonga tushgan xokkeychilar orasidagi eng sermahsul o‘yinchiga aylandi.

TASSning xabar berishicha, chexiyalik xokkeychi 15 fevralda 45 yoshga to‘ldi.

Avvalroq Yagr «Nyu-York Reyndjers»ga qarshi mehmonda kechgan bahsda ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi hamda jamoasining bullitlar seriyasida (4:3) g‘alaba qozonishi uchun yordam berdi.

Hammasi bo‘lib forvard hisobida «gol +pas» sxemasi bo‘yicha 269 ochko (104+165) bor. Sportchi bu ko‘rsatkichga 40 yoshga to‘lganidan so‘ng erishgan.

Mavzuga oid
Top