23:04 / 18.03.2017
8239

Chang‘ichi qorda yuruvchi mashina tomondan urib yuborilganiga qaramasdan chempion bo‘ldi

Norvegiyada "Birkebeynerrennet" marafonida qorda yuruvchi mashina (snegoxod) mahalliy chang‘ichi Martin Sundbyuni urib yubordi. Bu haqda TV2 telekanali xabar bergan.

Marafonning 33 kilometrida Sundbyuni qorda yuruvchi mashina turtib yuborgan. Chang‘ichi buning oqibatida yiqilib tushgan, biroq o‘rnidan turib, poygani davom ettirgan. Chang‘ichi hech qanday jarohat olmagan, biroq uning tayoqchasi singan. Shunga qaramay, Sundbyu jahon kubogini muddatdan avval yuta oldi.

Marafon Rena va Lillexammer shaharlari o‘rtasidagi 54 km lik masofadan iborat bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top