13:26 / 18.03.2017
7647

OAV: Pentagon Trampga IShIDga qarshi kurashishda "Obama rejasini" taklif qildi

Foto: AFP

AQSh mudofaa vazirligi IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqdi va uni prezident Donald Trampga taqdim etgan. Ammo, yangi ekani uqdirilgan tavsiyalar Barak Obamaga berilgan dasturdan deyarli farq qilmaydi. Bu haqda NBC telekanali Pentagondagi yuqori lavozimli mulozimga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Yangi rejada jangarilarga havo zarbalari berish, Mo‘sul va Raqqadagi amaliyotlarni o‘tkazayotgan mahalliy kuchlarga yordam berish, terrorchilardan ozod qilingan mintaqalarni barqarorlashtirish va terrorchilarni moliyaviy manbalaridan mahrum etish bo‘yicha choralar ko‘rish nazarda tutilgan. 

Telekanal suhbatdoshining aytishicha, yuqoridagi choralar terrorchilarni yo‘q qilishga kifoya qilmaydi. Tramp esa saylovoldi kampaniyasi chog‘ida IShID ustidan to‘liq va tezda g‘alaba qozonishga va'da bergan edi. U, shuningdek, Obama ma'muriyatini sustkashlik va o‘rtacha ish olib borganlikda ayblagandi. 

"IShIDni yo‘q qilishga qaratilgan reja "B rejasi, A rejasiga qat'iy rioya qilamiz, ammo jiddiyroq urinamiz", degan maqolga o‘xshaydi", — degan NATOning Yevropadagi birlashgan kuchlarining sobiq qo‘mondoni, iste'fodagi admiral Jyeyms Stavridis. Uning fikricha, prezident hujjatni qayta ishlashga yuborishni xohlashi dargumon. 

Mavzuga oid
Top