19:55 / 18.03.2017
7678

Oliy Liga, 3-tur. «So‘g‘diyona» va «Obod» ilk g‘alabalariga erishdi

Oliy Liganing 3-turi doirasida 4ta uchrashuv o‘tkazildi.

O‘tgan mavsumda to‘rtinchi o‘rinni egallagan «Buxoro» o‘z maydonida Toshkentning «Obod» jamoasini qabul qilib, kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 63-daqiqasida G‘ayrat Umirov kiritgan yagona gol «Obod»ga safarda muhim g‘alaba keltirdi. Bu toshkentliklar jamoasining mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Bu turda Qashqadaryo viloyatining ikki jamoasi to‘qnashdi. «Sho‘rtan» «Mash'al»ni qabul qilib, 0:2 hisobida yutqazdi. Mehmonlar jamoasi safida Rahmonov penaltidan, Zafar To‘rayev esa o‘yindan gol kiritdi. Muborakliklar o‘yinda bir kishi kam bo‘lib qolgandi, ikkinchi bo‘limda Qo‘ziboyev maydondan chetlatilgandi.

«Qo‘qon-1912» hamda «Qizilqum» klublari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi. O‘yinda yagona gol 51-daqiqada Rayyevats tomonidan kiritildi. Ushbu g‘alabadan keyin qo‘qonliklar 4 ochko bilan 7-o‘ringa joylashdi.

«So‘g‘diyona» hamda «Olmaliq» klublari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Bu jizzaxliklar jamoasining mavsumdagi ilk g‘alabasi va ilk ochkolari bo‘ldi.

Oliy Liga, 3 tur
«Buxoro» - «Obod» - 0:1 
Gol: Umirov 63
«Buxoro»: 25.Muhiddin Xudoyorov, 5.Kirill Pasichnik, 8.Ivor Veytser, 11.San'at Shixov, 17.Alisher Shog‘ulomov, 19.Jasur Hasanov, 22.Shoxrux Gadoyev, 27.Rabbim Hasanov, 28.Ergash Ismoilov, 29.Vladimir Bayenko, 77.Ivan Nagayev
«Obod»: 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Abror Xusinov, 3.Anvar G‘ofurov, 4.Farhod Mirahmatov, 5.G‘ayrat Umirov, 6.Sherzod Jalilov, 7.Sanjar Rihsiboyev, 8.Doniyor Hasanov, 10.Sunnatilla Ermatov, 11.Shoxruz Norxonov, 19.Sardor Qahhorov
Hakamlar: Baxtiyor Namozov (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent vil.), Ravshan Abduvohidov (Qarshi)

«Sho‘rtan» - «Mash'al» - 0:2 
Gol: Rahmonov 5 (pen), To‘rayev 35
«Sho‘rtan»: 1.Eldor Tojiboyev, 3.Aziz G‘ulomxo‘jayev, 9.Igor Taran, 11.Zafar Polvonov, 14.Umar Eshmurodov, 15.Obid Jo‘raboyev, 18.Eldor Boymatov, 22.Siroj Hamroyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 77.Otabek Narzullayev, 88.Akmal Xolmatov
«Mash'al»: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 9.Jamoliddin Ubaydullayev, 13.Shahzod Shaymanov, 18.Abbos Shodmonov, 19.Zohir Qo‘ziboyev, 22.Bobur Qosimov, 44.Asiljon Begimqulov, 55.Avaz Agaliyev, 77.Abdulloh Olimov, 90.Zafar To‘rayev
Chetlatish: Qo‘ziboyev 66

«Qo‘qon-1912» - «Qizilqum» - 1:0 
Gol: Rayyevats 51
«Qo‘qon-1912»: 12.Aziz Ashurov, 4.Bahodir Akramov, 5.Jalil Kimsanov, 8.Sobir Hamidov, 11.Andrey Sidorov, 18.Bahodir Pardayev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Ibrohim Rahimov, 26.Akmal Xolmurodov, 77.Murod Xolmuhammedov, 99.Filip Rayyevats
«Qizilqum»: 22.Artyom Makosin, 3.Shukurali Po‘latov, 4.Erkin Boydullayev, 8.Akmal Rustamov, 10.Vohid Shodiyev, 14.Fayzullo Qambarov, 15.Azamat Allaniyozov, 17.Artur Gevorkyan, 19.Jasur Hasanov, 23.Sherali Jo‘rayev, 27.Ilhom Yunusov

«So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 3:2
Gollar: Islom Inomov 9, - 0:1. Sanjar Rashidov 45+1 penalti, - 1:1. Vladislav Kasminin 66, - 1:2. Suxrob Qobilov 79, - 2:2, Shoxruh Dostonov 3:2.
«So‘g‘diyona»: 12.Shoxrux Eshbo‘tayev, 2.Sardor Qulmatov, 3.Azamat Isroilov, 4.Elyor Orifov, 7.Sanjar Rashidov, 8.Suxrob Qobilov, 10.Alisher Mahmudov (11.Shoxrux Dostonov, 70), 17.Ixtiyor Toshpo‘latov, 18.Qahramon Bahodirov (15.Izzatilla Abdullayev, 62), 59.Sarvarjon Jo‘rayev, 77.Sardor Eminov
«Olmaliq»: 45.Akbar To‘rayev, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 15.Farhod Musabekov (11.Viktor Klishin, 75), 17.Kamoliddin Murzoyev (7.Alibobo Rahmatullayev, 72), 18.Shavkat Mullajonov, 19.Islom Inomov, 55.Rahmatullo Berdimurodov, 77.Muhammad Isayev (9.Zabihillo O‘rinboyev, 60), 88.Igor Yyelich, 90.Vladislav Kasminin
Ogohlantirishlar: Abduqahhor Xojiakbarov 28, Vladislav Kasminin 29.

Top