09:10 / 18.03.2017
6159

Reuters: AQSh Tayvanga qurol-aslaha yetkazib berishga tayyorlanmoqda

AQSh Tayvanga qurol-aslaha yetkazib berishga tayyorlanmoqda, deb xabar bermoqda Oq uy ma'muriyatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, yetkazib beriladigan qurol-aslahalar orasiga raketa qurilmalari va kemalarga qarshi raketalar kiritilishi mumkin. 

Tayvan bu qurollar yordamida Xitoyning ehtimoliy tajovuzini qaytara olishi mumkin.

Oq uy ushbu vaziyat yuzasidan hozircha izoh bermadi.

Top