08:26 / 18.03.2017
6182

Sony qurilma quvvatini simsiz ravishda tarqatish usulini patentlamoqda

Foto: ELIZABETH PIERSON/MASHABLE

Yaponiyaning Sony kompaniyasi elektron qurilmalar o‘rtasida quvvatlarni o‘zaro simsiz baham ko‘rish imkonini beruvchi usulni patentlash uchun ariza topshirdi. Shunga ko‘ra, smartfonlar, planshetlar va kompyuterlar o‘zaro quvvatlarini ulashishi mumkin bo‘ladi. 

AQSh patentlash agentligiga topshirilgan hujjat matnida qayd etilishicha, energiya almashuvini amalga oshirish uchun lokal tarmoqqa o‘xshash tarmoq hosil qilinadi. Qurilmalardagi antennalar o‘zlarining yaqinlaridagi boshqa qurilmalar bilan bog‘lanib, o‘zaro quvvatlarini ulashadi, deb yozmoqda Mashable.

Shu bilan birga, foydalanuvchi kimga quvvat berishni yoki kimga ulanish masalasini o‘zi hal etishi mumkin. Ro‘yxatdagi ishonchli qurilmalar o‘rtasida energiya almashuvi o‘z-o‘zidan amalga oshaveradi. Bular smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va ushbu texnologiyani qo‘llay oladigan boshqa gadjyetlar bo‘lishi mumkin. Asosiysi, bu tarmoq faqatgina ikkita qurilma orasida ishlamaydi, balki ko‘plab gadjyetlarni o‘zaro bog‘lash mumkin bo‘ladi. 

Qayd etish joizki, bu hozircha, shunchaki patent uchun topshirilgan g‘oyadir. Ya'ni hozircha ishlab chiqilmagan, hayotga joriy qilinmagan. Shunday ekan, bu texnologiya tez orada mobil qurilmalarda paydo bo‘lishini kutmasa ham bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top