07:47 / 18.03.2017
5412

Tramp halol savdo tarafdori ekanligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanda izolyatsionizm siyosatiga ishonmasligi, biroq davlatlar o‘rtasida halol savdo tarafdori ekanligini aytdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda

"Men yakkalanish to‘g‘ri tanlov deb o‘ylamayman. Biroq men davlatlar o‘rtasidagi savdo bitimlari halol bo‘lishi kerak deb hisoblayman. AQSh ko‘p yillar davomida ko‘plab davlatlar tomonidan aldangan. Buni to‘xtatish kerak. Biroq men izolyatsionizm tarafdori emasman", deb aytgan Tramp.

Avvalroq Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Xitoyga AQSh bilan "savdo urushlari" qiziqmasligini, chunki bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlarini yaxshimasligini aytgandi.

Mavzuga oid
Top