10:54 / 18.03.2017
10574

To‘lqin Qilichev: Bokschilarimiz dunyoda yetakchilardan ekanini isbotlaydi

"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvi oldidan jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev ertangi bahs haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda Sports.uz.

- Sportda mag‘lubiyat va g‘alabalar yonma-yon yuradi, - deydi To‘lqin Qilichev. - Mag‘lubiyatsiz g‘alaba qozonib bo‘lmaydi va g‘alabasiz cho‘qqiga ko‘tarila olmaysiz. Bokschilarimiz safardagi uchrashuvda xitoyliklardan kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Bu mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqardik.

Bokschilarimiz jangga har tomonlama puxta tayyorlandi. Nasib qilsa, "Uzbek Tigers" yana muxlislarini xursand qiladi va bokschilarimiz dunyoda yetakchilardan ekanini isbotlaydi.

Mavzuga oid
Top