19:32 / 18.03.2017
13680

Uzbek Tigers vs China Dragons: boshlanishi juda ajoyib

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi boks kechasi qizg‘in kurashlar bilan boshlandi. 

The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl 4-bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi jang qizg‘in kurashlar ostida boshlandi. Birinchi bo‘lib 52 kg vazn toifasida Abrorjon Qodirov Chang Yong’ga qarshi ringga ko‘tarildi.

Reglamentga muvofiq, bokschilarning har biri 3 daqiqadan besh raund ringga chiqishdi.

Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Abrorjon Qodirov raqibini mag‘lub etdi. 

Uzbek Tigers jamoasining keyingi a'zolariga ham omad yor bo‘lsin! 

Mavzuga oid
Top