18:54 / 18.03.2017
7406

«O‘zbekiston» sport majmuasida navbatdagi katta boks kechasi boshlanish arafasida

2017 yil 18 martda Butunjahon boks seriyasi (WSB) turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl to‘rtinchi bosqichida Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi o‘tkazishi haqida avval xabar berilgan edi. 

Terma jamoa murabbiylari ushbu bahsga 2-turni fevral oyida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasiga qarshi bahslarda 1:4 hisobida yutqazgan tarkibni qo‘yishga qaror qildi. Demak, ringga ko‘tariluvchi bokschilar ro‘yxati:

52 kg: Abrorjon Qodirov           vs               Chang Yong
60 kg: Murodjon Ahmadaliyev    vs               Wang Sen
69 kg: Shahram G‘iyosov                vs               Liu Wei
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev      vs               Huang Jiabin 
+91kg: Bahodir Jalolov           vs               Mu Haipeng

WSB doirasida Uzbek Tigers avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan edi. So‘ngra, fevral oyida Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim etdi.

18 mart kuni guruhdagi ikkinchi juftlik – Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi va Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi vakillari ham o‘zaro kuch sinashadi. 

Boks janglarini Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya va Shri-lankalik hakamlar boshqarishadi. 

The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqadilar.

Boks kechasi 18 mart 19:00da “Sport” va UzHD telekanallari orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzuga oid
Top