23:31 / 19.03.2017
13176

Afg‘onistonlik askar amerikalik harbiylarga o‘t ochdi

Foto: AFP

Afg‘oniston qurolli kuchlarining askari Afg‘onistonning Gilmend viloyatida joylashgan bazadagi amerikalik harbiylarga o‘t ochishi oqibatida 3 nafar amerikalik harbiy yarador bo‘ldi.   

Ayni vaqtda jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deb aytilgan NATOning "Qat'iy ko‘mak" operatsiyasining tvitterdagi sahifasida.   

Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, afg‘on qurolli kuchlari vakilining aytishicha, afg‘on askari javob o‘t ochish bilan o‘ldirilgan.   

AQSh 2001 yildan Afg‘onistonda harbiy operatsiya o‘tkazib keladi va bu afg‘on hukumatiga "Tolibon" hamda IShIDga qarshi kurashda yordam ko‘rsatadi.

Mavzuga oid
Top