11:58 / 19.03.2017
21939

Tejamkor kelin nikoh marosimiga oddiy yo‘lovchi avtobusida borishni ma'qul topdi

Buyuk Britaniyaning Derbi shahrida yashovchi 34 yoshli Ivonna Gormanning turmush o‘rtog‘i Jim Lizga ko‘pchilik uylangan britaniyaliklarning havasi kelishi aniq. Ivonna aksariyat rafiqalardan farqli, juda ham tejamkor ayol bo‘lib chiqdi. Uning o‘z nikoh marosimiga yo‘lovchi avtobusida borishni ma'qul ko‘rganidan shunday xulosaga kelish mumkin. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda. 

Ayol qimmatbaho "rolls-roys"lar va "bentli"lardan iborat to‘y kortejiga pul sarflash, mashinalarni qo‘yishga joy topish bilan bog‘liq asabbuzarliklar o‘rniga o‘zining 10 nafardan ko‘proq yaqinini nikoh marosimiga 4-yo‘nalish bo‘yicha qatnaydigan oddiy yo‘lovchi avtobusida olib borishga qaror qildi.

Ivonnaning uyi shundoqqina avtobus bekati yonida ekanligi unga bunday fikrni berdi. 10 daqiqalik safar kelin va uning otasiga kishi boshiga 2 funtdan tushdi. 

Ivonna "hayratdan qotgan" piyodalar ko‘z o‘ngida chiroyli to‘y ko‘ylagida bekatda avtobusdan tushib, otasining qo‘lini ushlagancha qaylig‘i uni kutib turgan nikohlar qayd qilinuvchi munitsipalitetga yo‘l oldi. 

Mavzuga oid
Top