Fotoreportaj. Bunyodkor-Muqimiy chorrahasida qurilish ishlari yakunlanish arafasida

O'zbekiston 20 Mart 2017 26458

Toshkent shahrining Bunyodkor va Muqimiy ko'chalari kesishmasida barpo etilayotgan yo'l o'tkazgichning qurilishi yakuniy bosqichda. «Kun» fotomuxbiri Navro'z bayrami arafasida tugallanishi reja qilingan ushbu qurilishdagi jarayon bilan tanishdi.

Ayni vaqtda, 20 mart kunining ikkinchi yarmida hududda ishlar jadal ravishda olib borilmoqda. Ob`yektning qachon ochilishi haqida esa aniq ma`lumot olishning imkoni bo'lmadi.

Ushbu ko'prikning umumiy uzunligi 900, balandligi 6 metrga teng, 6 polosali yo'lning kengligi 24 metrni tashkil etadi.

Yo'l o'tkazgichning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo'lgan ikkita yer usti o'tish yo'lagi bo'ladi.

Ko'proq yangiliklar: