Allegri «Barselona»dan jiddiy taklif oldi

Sport 20 Mart 2017 6617

«Barselona» klubi rahbariyati vakillari «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini bilan muzokara boshlagan. Premium Sport xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasida turinliklar jamoasining YeChL doirasida «Portu»ga qarshi birinchi o'yini oldidan aloqa bog'langan.

Kataloniyaliklar jamoasi 49 yoshli mutaxassisga 8,5 mln yevro maosh va 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Agar u bu taklifni qabul qilsa, «Barselona» «Yuventus» bilan kelishib olishi qoladi.

Ayni paytda Allegri «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmagan.

Bundan oldinroq u bilan «Arsenal» klubi ham jiddiy qiziqayotgani xabar qilingandi.

Allegrining hozirgi jamoasi bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Ma`lumot uchun, «Barselona» YeChLning chorak finalida Allegri boshqaruvidagi «Yuventus»ga raqiblik qiladi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklarning hozirgi bosh murabbiyi mavsum yakunida jamoani tark etishini e`lon qilgan. Jamoa rahbariyati 1 iyun kuni yangi bosh murabbiy nomini e`lon qilishga va`da bergan.

Ko'proq yangiliklar: