00:11 / 20.03.2017
5271

«Atletiko» sovrinlar uchun kurashga qaytdi

Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Madridda bo‘lib o‘tdi. Unda «Atletiko» «Sevilya»ni qabul qildi.

Diyego Godin, Antuan Grizmann va Kokening gollariga Korrea faqatgina so‘nggi daqiqalarda bir gol bilan javob qaytara oldi xolos.

Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko» ochkolari sonini 55taga yetkazib oldi. Endi Simeone shogirdlari «Sevilya»dan (57 ochko) 2 ochkoga ortda bormoqda.

Turning yana bir uchrashuvida «Leganes» «Malaga»ni qabul qildi va uchrashuvda hisob ochilmay qoldi.

Ispaniya La-ligasi,28-tur

Atletiko – Sevilya 3:1 (1:0)

Gollar: Godin (37), Grizmann (61), Koke (77) – Korrea (85).
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko (Xuanfran, 2), Godin, Saul, Gabi, Ferreyra Karrasko (Gaytan, 83), Koke, Grizmann, Gameyro (Torres, 63).
Sevilya: Riko, Rami, Langle (Yovetich, 46), Eskudero, Merkado, Nzonzi, Sarabiya (Iborra, 64), Vitolo, Nasri, Mariano, Ben-Yyedder (Korrea, 64).
Ogohlantirishlar: Eskudero (23), Filipe Luis (40), Sarabiya (47), Ferreyra Karrasko (55), Merkado (60), Godin )(66), Torres (82).

Leganes – Malaga 0:0

Leganes: Yago Errerin, Bustinsa, Mantovani, Siovas, Tito (Samu, 60), Moran, Peres, Riko, El-Jar (Lopes, 68), Shimanovski (Machis, 86), Gerrero.
Malaga: Kameni, Rosales, Ernandes, Lorente, Xuan Karlos, Fornals, Rodriges (Duda, 86), Kamacho, Chori Kastro (Xoni Rodriges, 62), Sandro Ramires (Keko, 70), Sharles.
Ogohlantirishlar: Bustinsa (29), Tito (32), Rosales (34), Moran (50), Sharles (59), Peres (60).

Top