Dunyodagi eng sog'lom kishilar nimalar iste`mol qilishi ma`lum

Jamiyat 20 Mart 2017 25656

Amerikalik olimlar guruhi Boliviyaning Tsimane qabilasi vakillari nimalar iste`mol qilishini aniqladi. Mutaxassislarning fikricha, aynan ular dunyodagi eng sog'lom yurakka ega bo'lgan kishilardir. Ilmiy izlanish natijalari Lancet jurnalida taqdim etildi. U haqda qisqacha esa Gizmodo nashri xabar bermoqda.

Tadqiqotda 705 nafar boliviyalik qatnashdi. Olimlar tomirlardagi kalsiy – yurak ishemiya kasalligi xavfini aniqlash mumkin bo'lgan ko'rsatkich indeksini aniqlashdi. 100-400ga teng bo'lgan indeks qon tomirlardagi funksiyalar osonlik bilan buzilishidan darak beradi. 

Ma`lum bo'lishicha, tadqiqotda qatnashganlarning 85 foizida bu ko'rsatkich birdan yuzga qadar bo'lgan. Shu bilan birga, 75 yoshga to'lganlarning 65 foizida bu nolga teng bo'lgan. Olimlarning fikricha, yurak-qon tomir kasalliklari ehtimolining bunday past darajasi qabiladagi kishilar sog'lom hayot tarzi bilan bog'liq. Ular chekmaydi va spirtli ichimlikdan nari yuradi, bir kunda esa 15-17 ming qadam bosishadi.

Bundan tashqari, tomirlardagi kalsiy indeksining past darajasi  boliviyaliklar iste`mol qiladigan taomlarga ham ta`sir ko'rsatadi. Undan asosan guruch, makkajo'xori, manioka ildizi va plantan sabzavot bananlari o'rin olgan. Bundan tashqari, ular juda ko'p miqdorda yong'oq yeydilar. Umuman olganda, kaloriyalar 72 foizi organizmga uglevodlar orqali, 14 foizi esa – yog'lar bilan tushadi. Qolgan ulush oqsillar hissasiga to'g'ri keladi.

Ko'proq yangiliklar: