Fergyuson «MYu»ni yana bosh murabbiy sifatida o'yinga boshlab tushadi

Sport 20 Mart 2017 15787

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson mankunianliklar jamoasini klub faxriysi Maykl Kerrikka bag'ishlanadigan uchrashuvda bosh murabbiy sifatida boshqaradi.

«Manchester Yunayted»ning 2008 yildagi tarkibi yulduzlar terma jamoasiga qarshi o'ynaydi. «MYu» tarkibi Kerrikka 9 yil oldin jamoadosh bo'lgan futbolchilardan iborat bo'ladi. Yulduzlar termasi esa Frenk Lempard, Stiven Jyerrard, Maykl Ouen va boshqa faxriy futbolchilardan tarkib topadi hamda bu jamoani Harri Rednapp boshqaradi.

Uchrashuv shu yilning 4 iyun kunida «Old Trafford» stadionida o'tkazilish belgilangan.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Yunayted»ni 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan va 38 sovrin yutgan.

Ko'proq yangiliklar: