19:35 / 20.03.2017
73116

Foto va video: Shavkat Mirziyoyev Navro‘z saylida qatnashdi

Foto: O‘zA

Toshkent shahrida 20 mart kuni erta tongdanoq dam olish maskanlari va istirohat bog‘larida xalq sayillari boshlandi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan sayilda ishtirok etdi. Prezident istirohat bog‘iga soat 12da yetib kelgan, bog‘ni aylanib chiqib, u yerda bo‘lgan odamlar bilan salomlashgan va suhbatlashgan.

Shundan so‘ng davlat rahbari parlament a'zolari, diplomatik korpus vakillari bilan birga bayramona bezalgan dasturxonda mehmon bo‘lgan.

Shundan so‘ng prezident va mehmonlar e'tiboriga bayram konserti taqdim etilgan. Mehmonlar dasturxonga tortilgan Navro‘z taomlaridan bahramand bo‘lishgan.  

Foto:facebook.com/MFAUZB

Prezident bu bog‘da 1 soatga yaqin vaqt o‘tkazgan va keyin bayram tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, bog‘ni tark etgan hamda bayram tantanalari davom etayotgan boshqa nuqtalarga yo‘l olgan.

Foto:facebook.com/MFAUZB

Bugun shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlarida, bog‘ va saylgohlarida Navro‘z keng nishonlanmoqda. Saylgohlarda dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari tashkil etilmoqda.

Foto:facebook.com/MFAUZB

 

Top