12:22 / 20.03.2017
10250

Isroil elchisi izoh berishi uchun Rossiya TIVga chaqirtirildi

Isroilning Rossiyadagi elchisi Gari Koren Rossiya TIVga chaqirtirildi. TIV rasmiysi Mixail Bogdanovning ma'lumot berishicha, bunga Isroil Harbiy havo kuchlari tomonidan 17 mart kuni Suriyaning Palmira shahridagi obektlarga hujum qilgani sabab hisoblanadi.

«Ha. Biz elchidan bunga izoh so‘raymiz», degan u jurnalistlarga.

17 mart kuni Isroilning HHK samolyotlari Suriyadagi bir necha hududga hujum qilib, zenit raketalari tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda keyinroq Isroil mudofaa armiyasi o‘z bayonotida ma'lum qildi.

19 mart kuni Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman agar Suriya o‘zining havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimini yana bir bor yahudiy mamlakatining harbiy havo kuchlariga (HHK) qarshi ishlatsa, ushbu tizimni yo‘qqa chiqarishini aytib tahdid qildi. 

20 mart kuni The Times of Israel gazetasi Isroil Harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Suriya—Livan chegarasida «Hizbulloh» harakati bilan bog‘liq marralarni zabt etgani haqida xabar berdi.

Mavzuga oid
Top