Keksa yaponlarga mashina haydashdan voz kechishlari uchun antiqa taklif bildirildi

Jahon 20 Mart 2017 6201
Фото:AFP/GETTY IMAGES

Yaponiyada keksa odamlarga haydovchilik guvohnomasidan voz kechish o'rniga dafn xizmatlariga chegirma olish taklif qilinmoqda. Bu haqda "Bi-bi-si" telekompaniyasi xabar bermoqda

Yaponiya hukumati shu tariqa pensiya yoshidagilarni avtomobillar haydashdan qaytarishga harakat qilmoqda.

Aychi shahridagi dafn bilan shug'ullanuvchi kompaniyalardan biri haydovchilik guvohnomalaridan voz kechish o'rniga o'z xizmatlari uchun 15 foizlik chegirma taklif qilmoqda. Ushbu taklifdan foydalanmoqchi bo'lganlar haydovchilik guvohnomalarini politsiya bo'limiga topshirganlarini tasdiqlashlari kerak bo'ladi. Ushbu chegirma pensionerning oila a`zolariga ham tatbiq qilinishi mumkin.

Bu chora Yaponiyada keksa yoshdagi haydovchilar ishtirokida avtofalokatlar ko'payib ketgani bilan shartlangan. Yaponiyada oxirgi o'n yil ichida 75 yoshdan katta haydovchilar soni 2 marotaba ko'paygan, 2015 yilda esa ular soni 4,8 mln kishini tashkil qilgan. Joriy yilda ular ishtirokida o'lim bilan yakunlangan avariyalar miqdori oshgani qayd qilingan.

Yaponiyaning ko'plab viloyatlarida pensionerlarning mashina haydashdan voz kechishlari taksiga chegirmalar yoki umumiy hammomlarga borishga imtiyozlar berish yordamida rag'batlantiriladi.  

Britaniyalik olimlar o'tkazgan taqiqotlarga  ko'ra, keksa yoshdagi haydovchilar yoshlardan ko'ra 3-4 marta kamroq avariyaga uchraydilar.

Ko'proq yangiliklar: