15:24 / 20.03.2017
19868

Putin Rossiya va O‘zbekiston strategik hamkorlar ekanini qayd etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Tabrik matni Kreml saytiga joylashtirilgan.

«Hurmatli Shavkat Miromonovich, mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan samimiy tabrigimni qabul eting. Keyingi yillarda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Mazmunli siyosiy muloqotimiz, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorligimiz izchil rivojlanib bormoqda. Bizning mamlakatlar hududiy va xalqaro kun tartibida turgan muhim masalalarni hal qilishda samarali hamkorlik qilmoqda», — deyilgan tabrikda.

U birgalikda qilingan sa'y-harakatlar Rossiya va O‘zbekistonning do‘stona xalqlari manfaatlari yo‘lida hamda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa – baxt va farovonlik tilagan.

Top