Janubiy Sudanda falokatga uchragan samolyotdagi barcha odamlar tirik qolganlar

Jahon 20 Mart 2017 15299

Janubiy Sudanda falokatga uchragan samolyotning barcha yo'lovchilari va ekipaj a`zolari tirik qoldilar, deb xabar bermoqda voqea yuz bergan Vau shahri aeroporti vakiliga iqtibos keltirgan holda "Assoshieyted Press" axborot agentligi. 

Avvalroq bir qator OAV samolyotdagi barcha 44 kishi halok bo'lganini taxmin qilgan. "Frans Press" axborot agentligining ma`lum qilishicha, falokat oqibatida 14 kishi jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilganlar.

Aeroport boshqaruvchisi Stiven Yungule samolyot qo'nish polosasiga tegib, so'ngra yerga urilib, yonishidan oldin bir sakrab ketganini aytgan. Bunda samolyot eshiklari ochiq holda bo'lgan va bu qutqaruvchilarga barcha odamlarni tezlikda qutqarishga imkon bergan.

Falokatga uchragan samolyot South Supreme Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo'lgan va Vauga Janubiy Sudan poytaxti Jubadan kelayotgan bo'lgan. Samolyot bortida ikki xorijlik – xitoylik va Eritreya fuqarosi bo'lgan.

Ko'proq yangiliklar: