Bag'dod janubida minalashtirilgan avtomobilning portlashi oqibatida 23 kishi halok bo'ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Portlash oqibatida yana 50 kishi jarohat olgan. Ma`lum qilinishicha, portlash savdo nuqtalari joylashgan ko'chada sodir etilgan. 

Ayni vaqtda hech qaysi guruh terakt uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmagan.