13:22 / 21.03.2017
26239

Eng yaxshi tabiiy antibiotiklar nomi e'lon qilindi

Olimlar sansatsion bayonot bilan chiqishdi - tabletka ko‘rinishidagi antibiotiklarni tabiiy mahsulotlar - o‘simlik ko‘rinishidagi antibiotiklar bilan almashtirish mumkin. "Ortodoks" tibbiy portalining ma'lum qilishicha, o‘simlik antibiotiklari kimyoviy muqobillariga nisbatan ancha samaraliroq hamdir. 

Xalqaro olimlar guruhi dorivor preparatlardan-da samarali antibiotiklarni sanab o‘tdi. Bemor kishini davolashga qodir foydali mahsulotlar ro‘yxatidan kolloid kumush eritmasi, greypfrut urug‘lari, propolis, sarimsoq, exinatseya hamda S vitamini o‘rin olgan. 

Antibiotik xususiyatlarga ega, infeksiyalar bilan kurashuvchi yordamchilar orasida mutaxassislar shuningdek zaytun bargalari ekstrakti, oregano moyi va Xitoyda o‘suvchi astragal o‘simligini ham ta'kidlab o‘tishdi. Barcha tabiiy antibiotiklar og‘riqsizlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek  interferon ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. 

Xalqaro ekspertlar bu mahsulotlarning barchasi to‘g‘ri qo‘llangan taqdirda ko‘plab kasalliklardan davolanishga yordam berishiga ishontirishmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, birgina kalloid kumush eritmasi 650 turdagi bakteriyalarni yo‘q qilishi mumkin ekan. 

Sarimsoq, propolis va exinatseya kasallikni davolashdan ham ko‘proq immunitetni mustahkamlaydi. Greypfrut urug‘lari esa turli foydali xususiyatlarga boy. Bundan tashqari, sitrus meva urug‘lari nafaqat inson uchun foydali, ular biror kasallikka chalingan uy hayvonlarini ham davolashda yordam beradi.

Top