11:21 / 21.03.2017
4987

Instagram'dagi jonli translyatsiyalarni saqlash imkoni paydo bo‘ldi

Instagram foydalanuvchilarda to‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladigan translyatsiyalarni efir tugashi bilanoq saqlab qolish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqida servisning rasmiy blogida xabar berildi. 

Strimni saqlab qolish uchun ekranning yuqori o‘ng burchagidagi belgini bosish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng translyatsiya ilovadan o‘chadi, videoyozuv esa foydalanuvchining qurilmasida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, sharhlar, layklar, ko‘rilganlik ko‘rsatkichlari va efir bilan bog‘liq boshqa ma'lumotlar yo‘qoladi. 

Servisda ta'kidlanishicha, bu 2017 yilda jonli translyatsiya funksiyasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan "ilk qadamlar xolos". Yangi imkoniyatlardan iOS va Android platformalari ilovalarining so‘nggi versiyalarida foydalanish mumkin.

Instagram jonli translyatsiyalar o‘tkazish imkoniyatini 2016 yilning noyabrida yo‘lga qo‘ygan.

Mavzuga oid
Top