Berdaq nomidagi Qoraqalpoq universiteti rektori Murotbay Jumanov Qoraqalpog'iston Vazirlar Mahkamasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda hukumat portali.

Murotbay Jumanov Qoraqalpog'iston Vazirlar Mahkamasida yoshlar siyosati, ijtimoiy soha va ma`naviy-marifiy ishlarga boshchilik qiladi.  

Jumanov o'z mehnat faoliyatini stajyor lavozimidan boshlagan. So'ngra Qoraqalpoq universiteti o'qituvchisi yordamchisi, kafedra boshlig'i, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan.  

Jumanov 47 yoshda. U O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi a`zosi hisoblanadi. Uylangan, 4 nafar farzandi bor.