Politico: Ivanka Tramp Oq uyda otasining "ko'z va quloqlariga" aylanadi

Jahon 21 Mart 2017 6758

AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Oq uyda ishchi xona bilan ta`minlanadi va maxfiy ma`lumotlarga kirishga ruxsat oladi. Bu haqda Ivankaning huquqshunosi Jyeymi Gorelikga iqtibos keltirgan holda Politico nashri ma`lum qildi

"Prezident ma`muriyati ishiga jalb qilingan prezidentning katta yoshli farzandi bu yangi imkoniyatdir", deb aytgan Gorelik.

Ta`kidlanishicha, Ivanka biror-bir davlat xizmatchisi rasmiy lavozimini egallamaydi va maosh olmaydi. 

Gorelikning aytishicha, u otasining "ko'z va quloqlariga" aylanadi va unga turli sohalar bo'yicha maslahatlar beradi.

Ma`lum qilinishicha,  Ivanka otasi bilan birga Trump Organization kompaniyasida va "Nomzod" shousida sherigi sifatida uzoq vaqt birga ishlagan.

Ko'proq yangiliklar: