23:31 / 21.03.2017
13438

Ramzan Qodirov Suriyaga safar uyushtirishi mumkin

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Suriyaga safar uyushtiradi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

Bu haqda Rossiya davlat dumasida Chechenistondan deputat Adam Delimxanov ma'lum qildi. Delimxanov ayni vaqtda Suriyada amaliy safar bilan qolmoqda. 

"Albatta keladi", deb aytgan Delimxanov.

Avvalroq Halab gubernatori Husayn Dyob Rossiya davlat dumasi va Yevropa kengashi parlament assambleyasi vakillari delegatsiyasi bilan uchrashuvda Rossiyaga Suriya halqini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirgandi. 

Top