18:34 / 21.03.2017
5307

Rio-de-Janeyroda o‘g‘rilar avtobus yo‘lovchilarini garovga olishdi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrini Niteroy shaharchasi bilan bog‘lab turuvchi ko‘prik hududida avtobus yo‘lovchilarini tunashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan qurollangan jinoyatchilar transport ichidagilarni garovga olishdi. Bu haqida Globo telekanali xabar berdi. 

Huquq-tartibot organlari vakillari garovga olinganlarni qutqarishga doir muzokaralar olib borishmoqda. Jinoyatchilar hozircha faqat sog‘lig‘i yomonlashgan bir yo‘lovchi ayolni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishdi. 

Avtobusda necha kishi borligi ma'lum qilinmagan, biroq voqea chekka shahar aholisi Rio-de-Janeyroga ishga yo‘l olgan payt, ya'ni kunning tig‘iz soatlarida ro‘y bergan. 

Voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga kelgan. 

Top