11:52 / 21.03.2017
8613

Tramp AQSh qo‘shinlari 2011 yilda Iroqni tark etmasligi kerak bo‘lganini aytdi

Foto: Reuters

AQSh qo‘shinlari 2011 yilda Iroqni tark etmasliklari kerak edi, deb aytdi AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy bilan Oq uydagi uchrashuvda.

Tramp, shuningdek, Iroqning hozirgi hukumatining IShIDga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. "Albatta, biz ketmasligimiz kerak edi. Biz buni qilishimiz shartmasdi. Natijada bo‘shliq hosil bo‘lgan va biz keyin nima bo‘lganini hozir muhokama qildik", deb aytdi Tramp.

"Men siz katta sa'y-harakatlar amalga oshirayotganingizni bilaman. General Mettis, general Makmaster va Reks Tillerson siz o‘z ishingizni yaxshi bajarayotganingizni aytishdi. Bu oson ish emas, bu murakkab ish. Askarlaringiz og‘ir janglar olib bormoqdalar", deb Iroq hukumati ishiga yuqori baho berdi Tramp.

Tramp va al-Obodiy IShIDga qarshi kurashni muhokama qilishdi. "Biz IShIDdan xalos bo‘lmoqchimiz va bu hozirdayoq yuz bermoqda", deb aytgan Tramp. Uning fikricha, "oxirgi 5-6 hafta ichida ko‘p narsa o‘zgargan".

Tramp uchrashuvda Barak Obama tomondan tuzilgan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni yana bir marotaba tanqid qildi.  

Al-Obodiy iroqlik harbiylar ixtilof hududidan kelgan qochqinlarga qanday yordam berayotganlari haqida so‘zlab berdi. U Tramp AQShga fuqarolari kirishi vaqtinchalik taqiqlangan davlatlar ro‘yxatidan Iroqni chiqarib tashlagani uchun AQSh prezidentiga  minnatdorchilik bildirdi. 

Top