11:06 / 21.03.2017
11274

Video: Marsning minglab suratlari bitta rolikda

Finlyandiyalik rejissyor Yan Freydman Mars yuzasi suratlarini to‘rt daqiqali videoda birlashtirdi. Rolikka Wired nashri e'tibor qaratdi.

Freyman Mars Reconnaissance Orbiter sayyoralararo stansiyasi bortidagi HiRISE kamerasi yordamida olingan kadrlardan foydalandi. U 12 yil davomida 50 mingdan ortiq fotosuratni olgan, ularning bir qismi erkin foydalanishda. Suratlarni tomosha qilish uchun 3D-ko‘zoynaklar kerak.

Rejissyorning tan olishicha, video montaj jarayoni haqiqiy boshqotirmaga aylangan. U avvaliga fotosuratlarga rang berdi (HiRISE kamerasi tasvirlarni ko‘lrangda oladi). Keyinchalik Freydman kadrlarni ketma-ketlikda joylab chiqdi. U ishga uch oydan ortiq vaqt sarfladi.

«Bu juda sekin jarayon bo‘ldi. Marsda ajoyib yerlar juda ko‘p. Qanchalik uzoq vaqt ishlaganim sayin, bu sayyora juda go‘zal ekaniga shunchalik ko‘p ishonch hosil qilmoqdaman», - deydi Freydman.

Mavzuga oid
Top