16:03 / 21.03.2017
5686

Video: Virtual reallikda haqiqiy tennis to‘pini tutib olish

Disney Research tadqiqot markazi olimlari Gyunter Nimeyyer va Mettyu Pen virtual reallikda jismoniy obektlar bilan o‘zaro aloqa qilishning innovatsion usulini taqdim etishdi. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar foydalanuvchilarga virtual reallikda haqiqiy to‘pni ushlab olish imkonini beruvchi modelni yaratishdi. Nimeyyer va Pen uchta vizualizatsiyani ko‘rib chiqishdi: snaryad renderinggi, uning harakatlanish yo‘li va ushlash nuqtasi. Olimlar Kalman filtrlashidan foydalanib, to‘pni uni ushlab oluvchiga yaqinlashishiga oid taxminiy hisob-kitoblarni yaratishdi.

Shundan so‘ng qator tajribalar o‘tkazildi. Masalan, ular obekt parvozini dasturlashdi, nishonni belgilab berishdi yoki virtual reallikning tasodifiy nuqtasiga qarata otishgan. Biroq to‘p albatta uni ushlamoqchi bo‘lgan kishi qo‘liga kelib tushgan.

«Haqiqiy to‘pni ushlash va uni his etish imkoniyati VR’ni yanada boyroq va haqiqatga yaqin qiladi», - deya ma'lum qildi Nimeyyer.

Top