12:08 / 22.03.2017
9054

Britaniyalik mashinasidan 17 marta ko‘p jarima to‘laydi

Birmingem fuqarosi mashinasidan bir necha marta ko‘p jarima to‘laydigan bo‘ldi. The Sun nashrining yozishicha, yarim yil mobaynida to‘lanmagan avtoturargoh uchun britaniyalikka solingan jarima 2600 funt sterling (3200 dollarga yaqin)ni tashkil etgan.

Gap shundaki, noma'lum kimsa o‘zining Hyundai Coupe mashinasini Kings Xit tumanidagi ko‘chada joylashgan pullik avtoturargohda qoldirgan. Kupe egasiga nisbatan har biri 100 funtlik 26ta jarima qo‘llanilgan. The Sun gazetasiga ko‘ra, ushbu avtomobilning taxminiy narxi Buyuk Britaniya ikkilamchi bozorida 150 funt turadi.

Avtoturargoh yaqinidagi do‘konlar egalarining ta'kidlashlaricha, yarim yil mobaynida qoidabuzar bir marta bo‘lsin ko‘rinish bermagan va katta ehtimol bilan mashinasini olib ketish niyatida emas. Hozirda, uni politsiya qidirmoqda. 

 

Top