08:10 / 22.03.2017
4092

Fransiya ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Fransiya ichki ishlar vaziri Bryuno Le Ru iste'foga ketgach, uning o‘rniga 39 yoshli Mattias Fekl vazir etib tayinlandi. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati ma'lum qildi. Ushbu tayinlovni Fransiya prezident Fransua Olland imzoladi.

"Bosh vazir taklifiga ko‘ra, prezident Bryuno Le Runing vakolatlarini tugatdi va uning o‘rniga Mattias Feklni tayinladi", deb ma'lum qilindi xabarda. 

Yangi vazir bungacha Fransiyaning tashqi savdo va sayyohlikni rivojlantirish ishlari bo‘yicha davlat kotibi lavozimini egallab kelgan.

Le Ru Milliy yig‘ilish deputati bo‘lib ishlab yurgan kezlarda maktabda o‘qiydigan ikki balog‘atga yetmagan qizini o‘zi ishlaydigan joyga ishga joylashtirib qo‘ygani ma'lum bo‘lgandan keyin 21 mart kuni iste'foga ketishga qaror qildi. O‘shanda uning qizlari 15 va 16 yoshda bo‘lganlar. 

Le Ru Fransiya ichki ishlar vaziri lavozimini 3,5 oy oldin egallagandi. 

Mavzuga oid
Top