22:34 / 22.03.2017
7170

Guvoh terakt ijrochisi ko‘rinishidan osiyoliklarni eslatgani haqida xabar berdi

The Daily Mail nashriga ma'lumot bergan guvoh parlament binosi yaqinida pichoq ko‘tarib chopib ketayotgan shaxsni ko‘rgani haqida aytgan.

«Biz Big-Ben oldida suratga tushayotgandik, shu vaqtda biz tomonga chopib kelayotgan odamlarni ko‘rdik. Keyin esa tashqi ko‘rinishidan osiyolikni eslatadigan, yoshi taxminan 40da bo‘lgan erkak 15-17 santimetr uzunlikdagi pichoqni ko‘targan holda ketayotganini ham ko‘rdik. Shu vaqtda 3 marta o‘q ovozi eshitildi, biz bu vaqtda bu hududdan jo‘nab ketayotgandik. Ko‘prik ustidan o‘tayotganimizda boyagi erkak yerda qonga belanib yotgandi. U kurtka kiygan, qora shimda edi. U o‘rnidan turib parlament tomonga chopdi, uni politsiya ta'qib etdi», degan guvoh.

Infowars nashri muharriri britaniyaliklar «osiyocha tashqi ko‘rinishda» deb kimlarni nazarda tutishlari haqida izoh berdi. Uning aytishicha, britaniyaliklar asosan Yaqin Sharqdagi kishilarni osiyoliklar deb bilishadi.

Hozircha hujum qiluvchining fotosurati yo‘q.

Ma'lumot uchun, parlament hududiga bostirib kirgan shaxs o‘tochar qurolda bo‘lmagan. U politsiyachiga pichoq bilan hujum qilib, uni jarohatlagan. Tez orada boshqa bir politsiyachi uni otib tashlagan.

Mavzuga oid
Top