18:01 / 22.03.2017
6811

Xitoy bojxonasida 1000 ta olmosni poyabzalida olib o‘tishga uringan kishi qo‘lga olindi

Xitoy bojxona xodimlari Hongkongdan Shenchjen shahriga noqonuniy yo‘l bilan 1000 ta olmosni olib o‘tishga uringan yigitni qo‘lga olishdi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi

Manbaga ko‘ra, 13 mart kuni Shenchjen bojxona xodimlari kontrabandada gumon qilinayotgan yigitning poyabzali patagi ostidan 212,9 karatli olmoslarni topishgan. Gumondor qimmatbaho toshlarni Hongkongni Xitoy shaharlari bilan bog‘laydigan Luxo porti orqali olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

"Yigit shubhali ko‘rindi, u vaqti-vaqti bilan oyoqlari uchiga turib olardi. Bizning qarayotganimizni sezganidan keyin  to‘g‘ri yura boshladi", - deydi bojxona xodimlaridan biri. 

Bojxona xodimlari yigitdan poyabzalni yechishni so‘rashdi va poyabzal patagidan olmoslar solingan bir necha paketni topishdi. 

Mazkur ish yuzasidan tergov yo‘lga qo‘yilgan. 

Mavzuga oid
Top