11:20 / 22.03.2017
11831

Kuvaytda "Sohibjamol va Maxluq" kinokartinasi taqiqlandi

Kuvaytda "Sohibjamol va Maxluq" kinofilmining namoyishi taqiqlandi. 

Film o‘tgan hafta payshanba 16 mart kuni ijaraga chiqqan edi, biroq oradan 4 kun o‘tgach, uning mazmunini sinchkovlik bilan o‘rganishga qaror qilindi. Shundan so‘ng, mamlakat milliy kinokompaniyasi Twitter sahifasida taqiq haqida e'lon qildi. 

Qarorga "kompaniyaning yoshlarga nisbatan majburiyatlari va prinsiplari bilan izohlangan".

Avvalroq, Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov madaniyat vaziri Vladimir Medinskiyga murojaat qilib, Bill Kondonning filmini namoyishdan avval jiddiy o‘rganib chiqishni so‘ragan edi. Rossiya madaniyat  vazirligi ekspertizadan so‘ng filmga 16+ tasnifini qo‘ygan.

Top