22:48 / 22.03.2017
4419

Londondagi terakt oqibatida 3 nafar politsiyachi jarohatlangan

Londonda parlament binosi oldida uyushtirilgan hujum oqibatida 3 nafar politsiyachi jarohat olgan. Bu haqda mahalliy nashrlar o‘z manbalariga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Skotland-Yarddagilar bundan oldinroq "bir necha kishi jarohatlangani, ular qatorida politsiyachilar ham borligi"ni tasdiqlashgandi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Vestminster ko‘prigi bo‘ylab odamlar ustiga bosib yurgan avtomobil trotuar to‘sig‘iga borib urilgan. U yaqin hududdagi parlament binosiga yo‘l olgan va politsiyachilarga pichoq bilan tashlangan. Uni tez orada otishgan.

Top