09:55 / 22.03.2017
22739

OAV: olimlar Yerning Mars bilan to‘qnashuvini inkor etishmayapti

Amerikalik geofizik olim Stephen Meyers milliardlab yillardan so‘ng, Yer va Mars to‘qnashib ketishi mumkinligini inkor etmayapti. Bu haqda Amerikaning ilmiy-ommabop Scientific American jurnali yozmoqda.

Meyers AQShning Medison shahridagi Viskonsin universitetida olim bo‘lib, u hamkasblari bilan Quyosh tizimiga doir tadqiqotlar o‘tkazdi. Ularning xulosalariga ko‘ra, Quyosh tizimi juda tartibsizdir. "Ushbu tadqiqotning asosiy kashfiyoti shu bo‘ldiki, Quyosh tizimi juda ham tartibsiz degan g‘oyani isbotlovchi dalilning topilganidir", — deya Meyers so‘zlarini keltiradi jurnal. 

Meyers tizimning tartibsizligi haqida fikr yuritar ekan, so‘zning matematik mazmunidan foydalangan. Unga ko‘ra, ushbu tizim kelajagi dastlabki shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. 

"Bu "kapalak ta'siri" nomi bilan ham mashhur. U mutlaq shunaqa fenomen. G‘oya shundan iboratki, go‘yoki, Hind okeani ustidan uchib o‘tgan kapalak bir haftadan so‘ng, Shimoliy Amerika ob-havo sharoitiga ta'sir ko‘rsatadi", — deb yozadi jurnal.

Jurnalga ko‘ra, so‘nggi 50 million yilning har 2.4 million yilida Yer orbitasi o‘z shaklini o‘zgartirgan, bu esa xuddi shunday davriylikda iqlim o‘zgarishlariga olib kelgan. Shunga qaramay, olim jamoasi Kolorado tuproqlarini o‘rganib, 85 million yil avval, bu davriylik 1,2 million yilni tashkil etganini aniqlagan. Bu esa, Yer va Mars sayyoralarining o‘zaro ta'siri bilan bog‘liq. 

Olimning aytishicha, buning oqibatlaridan biri Marsning Yer bilan to‘qnashuvidir. Biroq, uning qayd etishicha, bu ehtimol juda ham kamdir. 

Mavzuga oid
Top