12:02 / 22.03.2017
18658

Toshkentda “Neksiya” ikki piyodani urib yubordi: bir kishi vafot etdi

21 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent shahri IIB YHXBdagi manba xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi Bodomzor ko‘chasidagi “Musafo” kafesi yonida ro‘y bergan. “Neksiya” avtomashinasining 30 yoshli haydovchisi ikki piyodani urib yuborgan, ular 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib ketilgan. Piyodalardan biri – ayol kishi olgan tan jarohatlari sababli hayotdan ko‘z yumdi.

“Neksiya” avtomobili Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan. Haydovchining o‘zi esa Toshkentning Uchtepa tumanida ro‘yxatda turadi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top