15:50 / 22.03.2017
13237

Video: Timsoh tomosha chog‘ida hayvon o‘rgatuvchining yuzini tishlab oldi

Internet tarmog‘ida vetnamlik hayvon o‘rgatuvchining omadsiz chiqishiga doir videorolik keng tarqalmoqda. Unda timsoh tomosha chog‘ida erkakning yuzini tishlab olgani aks etgan. 

Lavhalarda sirkchining vahshiy hayvon og‘ziga boshini qo‘yayotganini ko‘rish mumkin. Kutilmaganda, hayvon hayvonligiga borib, ovining boshini tishlaydi va u yoqdan bu yoqqa silkita boshlaydi. Baxtli tasodif tufayli hayvon o‘rgatuvchi ko‘plab jarohat olgan va jag‘ sohasi sinishiga qaramay, tirik qoldi. 

Tsirk ma'muriyatining izoh berishicha, ushbu tomoshada ishtirok etadigan timsoh bir kun avval o‘lgan, shu sababli o‘sha kuni tajribasiz timsohdan foydalanilgan. 

Top