22:47 / 23.03.2017
29733

39 yoshli ona o‘z farzandlarini himoya qilib, hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Fujairah Police / Supplied

Birlashgan Arab amirliklarining Fujayra shahrida o‘g‘riga uyiga kirishiga to‘sqinlik qilgan 39 yoshli ayol pichoqlandi, uning ikki nafar farzandi va oqsoch ham jiddiy jarohatlar olishdi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi

Manbaga ko‘ra, o‘g‘ri ayolning 11 yoshli qizi, 9 yoshli o‘g‘li va 29 yoshli oqsochiga ham pichoq urgan. Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga jo‘natilgan, ularning ahvoli jiddiy ekanligi qayd etilgan. 

Fujayra politsiyasi bosh qo‘mondoni general-mayor Muhammad Ahmad bin Xonim Al-Kaabiyning xabar berishicha, politsiya 23 mart, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:30da bosqinchilikdan xabar topgan. 

Politsiya bir guruh xodimlarini hujum uyushtirilgan xonadonga yo‘llagan.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘g‘ri 23 yoshli Pokiston fuqarosi bo‘lgan. 

Tibbiy jamoa jarohatlangan oila a'zolarini shifoxonaga yetkazdi, biroq xonadon sohibasining shifoxonaga yetmay, yo‘lda joni uzilgan. 

Jinoyatchi hujum uyushtirilgandan keyin yarim soat ichida qo‘lga olingan. 

Top