14:49 / 23.03.2017
17272

Abduxoliqov asosiyda, Denisov o‘rnida To‘xtaxo‘jayev. Babayan asosiy tarkibni e'lon qildi

Suriya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi JCh saralash uchrashuvini boshlang‘ich tarkibda boshlaydigan o‘zbekistonlik futbolchilar nomi ma'lum bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, bosh murabbiy Samvel Babayan oldingi uchrashuvlarga nisbatan bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirganini ko‘rishimiz mumkin.

Hujum chizig‘ida ilk marta Temurxo‘ja Abduxoliqov asosiy tarkibdan joy olgan. Jarohat olib uchrashuvni o‘tkazib yuborayotgan Vitaliy Denisov o‘rnida Islom To‘xtaxo‘jayev harakat qilishi kutilmoqda.

To‘liq tarkib quyidagicha

Suriya - O‘zbekiston

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jyeparov, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov.

Top